«odamlar uchun shahar» tegli maqolalar


“Bizga tinch va sokin park kerak”. Toshkentliklar Do‘stlik parki rekonstruksiyasiga qarshi
23 aprel 2024, 22:23

“Bizga tinch va sokin park kerak”. Toshkentliklar Do‘stlik parki rekonstruksiyasiga qarshi

Toshkentdagi Do‘stlik parki 49 yilga investorga ijaraga berilgan. U 2018-yili 4 yillik ta’mirga yopilgandi. Loyihachilar sokin hordiq joyini va’da qilgandi, ammo endi shaharda bu park ta’minoti uchun pul yo‘q bo‘lib chiqdi. Xarajatlarni attraksionlar o‘rnatish hisobiga qoplash reja qilingan. Aholi bunga qarshi.

Yoritish bosh rejasi. Toshkent yorug‘lik ifloslanishidan qanday xalos bo‘lishi mumkin?
19 mart 2024, 09:30

Yoritish bosh rejasi. Toshkent yorug‘lik ifloslanishidan qanday xalos bo‘lishi mumkin?

Miltillovchi ekran, girlyanda va chiroqlar Toshkentda “yorug‘lik xaosi"ni keltirib chiqarmoqda. Bu energiya iste’molini oshiradi, hayot sifati va ekologiyani yomonlashtiradi. “Gazeta.uz” mutaxassislar bilan suhbatlashib, yorug‘lik dizayni nima ekani va tungi Toshkentni qanday maftunkor qilish mumkinligiga qiziqdi.

Toshkent — reklamalar shahri
18 mart 2024, 17:03

Toshkent — reklamalar shahri

O‘zbek biznesi tashqi reklamani sevadi: qichqiriq banner va ko‘zni qamashtiruvchi LED-monitorsiz ishlab bo‘ladimi?! Afsuski, Toshkent o‘z arxitekturasi, daraxtlari va aholisining reklamaga yem bo‘lishiga qo‘yib bergan. Poytaxt qanday qilib afisha va monitorlarga taslim bo‘lgani — bizning fotosharhimizda.

Transport vazirligi vakili — Toshkentda tramvay bo‘lishi hamda avtobuslar va shaxsiy mashinalar o‘rtasidagi raqobatbardoshlik haqida
16 yanvar 2024, 14:54

Transport vazirligi vakili — Toshkentda tramvay bo‘lishi hamda avtobuslar va shaxsiy mashinalar o‘rtasidagi raqobatbardoshlik haqida

Toshkentda tramvay yo‘llarini loyihalash va qurish ko‘p vaqt talab etadi, shuning uchun kattaroq effektga chiqish uchun avvaliga ko‘p sig‘imli avtobuslar sotib olindi, dedi Transport vazirligi vakili. U, shuningdek, transport harakatlarining noto‘g‘ri tashkil etilishi va boshqa masalalar haqida ham gapirdi.

Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida
16 yanvar 2024, 03:26

Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida

Toshkentda, nihoyat, ko‘chalar o‘rtasida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi. Unda 5 ta seksiyali 32 va 35 metrli avtobuslar harakatlanishi rejalashtirilgan, dedi Transport vazirligi vakili. Infratuzilma yukini kamaytirish uchun poytaxtga kiraverishda 12 ta yangi ekspress yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Transport vazirligining Loyiha byurosi Toshkentning Beshqayrag‘och ko‘chasidagi transport muammolariga yechim taklif qildi
30 noyabr 2023, 19:11

Transport vazirligining Loyiha byurosi Toshkentning Beshqayrag‘och ko‘chasidagi transport muammolariga yechim taklif qildi

Toshkent transport tizimini rivojlantirish loyiha byurosi Beshqayrag‘och, Ko‘kcha Darvoza va Qoratosh ko‘chalaridagi transport muammolariga yechim taklif qildi. Maqsad — nizoli vaziyatlarni kamaytirish, piyodalar xavfsizligini oshirish va jamoat transportiga ustuvorlik berish. Loyiha tafsilotlari — “Gazeta.uz"da.

“Odamlarga baxt uchun do‘stona shahar muhiti kerak”. Parlament muhokamasidan reportaj
21 noyabr 2023, 12:21

“Odamlarga baxt uchun do‘stona shahar muhiti kerak”. Parlament muhokamasidan reportaj

Parlamentda turli idora vakillari ishtirokida poytaxtdagi tirbandliklar, jamoat transportini rivojlantirish, shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Muhokamada so‘z olganlar, jumladan, jurnalistimiz, ekolog va shaharshunos nimalar haqida so‘z yuritgani — “Gazeta.uz” reportajida.

O‘zbekistonda velosiped nima uchun ommalashmayotgani ilmiy jihatdan o‘rganildi. Hukumat tanqidlarni eshitadimi?
15 avgust 2023, 12:44

O‘zbekistonda velosiped nima uchun ommalashmayotgani ilmiy jihatdan o‘rganildi. Hukumat tanqidlarni eshitadimi?

Rasmiylar O‘zbekistonda velosipedda harakatlanishni rivojlantirish haqida muntazam gapirib keladi. Toshkentda esa, tanqidlarga qaramay, noto‘g‘ri va xavfli veloyo‘laklar qurilishi davom etmoqda. MHTI mutaxassislari tadqiqot o‘tkazib, velosiped nima uchun ommalashmayotgani sabablarini o‘rgandi.

Tahlil: Yo‘l o‘tkazgichlar qancha ko‘p joy egallab, shaharni qanchalik yomonlashtiradi va qashshoqlashtiradi?
4 avgust 2023, 09:10

Tahlil: Yo‘l o‘tkazgichlar qancha ko‘p joy egallab, shaharni qanchalik yomonlashtiradi va qashshoqlashtiradi?

Toshkentda 12 ta yangi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. Bunga xalqning o‘nlab trillion so‘m mablag‘lari sarflanadi. Ko‘prik va tunnellar ulkan maydonlarni egallab, shaharni parchalab tashlaydi va kattaroq transport muammolarini keltirib chiqaradi. Buni yangi qurilgan yo‘l o‘tkazgichlar misolida ko‘rsatamiz.

Piyodalar o‘tish joyi yo‘q — muammo ham yo‘qmi?
27 iyul 2023, 19:03

Piyodalar o‘tish joyi yo‘q — muammo ham yo‘qmi?

Toshkent hokimiyati eng xavfli piyodalar o‘tish joyi muammosini “hal qildi”. U shunchaki yo‘q qilindi. Odamlar esa o‘z hayotlarini yanada kattaroq xavf ostiga qo‘yib, ko‘p polosali magistralni kesib o‘tishda davom etmoqda. Hukumat svetofor o‘rnatmaslikni ma’qul ko‘rmoqda.

Toshkent ko‘chalarini insoniylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi
19 mart 2022, 15:49

Toshkent ko‘chalarini insoniylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi

«Gazeta.uz» tanqidiga uchragan Navoiy ko‘chasini rekonstruksiya qilish loyihasi rossiyalik ekspertlar Arkadiy Gershman va Aleksandr Devyatkin ishtirokida qayta ko‘rib chiqildi. Asosiy tamoyillar — piyodalar xavfsizligi va jamoat transportining ustuvorligi etib belgilandi. Ilk marotaba rasmiylar tomonidan 50 km/soat tezlik shahar uchun eng maqbul deb tan olindi. Hokimiyat yangilanayotgan barcha ko‘chalarda bir xil usullardan foydalanishga va’da bermoqda.

Mashinasiz hovlilar. Bunga qanday erishish mumkin
20 iyul 2020, 18:00

Mashinasiz hovlilar. Bunga qanday erishish mumkin

Avtomashina g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘layotgan bolalar haqidagi xabarlar kam emas. Ko‘plar bu kabi yo‘l transaport hodisalarida faqat haydovchilar va farzandlariga «ko‘z-quloq» bo‘lmagan ota-onalarni ayblashadi. Ammo yo‘llardagi o‘limning yuqori darajasi — bu noto‘g‘ri qurilgan muhit natijasidir. Turar joylardagi hovlilar qanday bo‘lishi kerak va halokatli yo‘l transport hodisalarini qanday kamaytirish mumkin?


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting